Andijonda bogʻ maydonlariga suv ochish masalasida janjallashgan fuqarodan biri ikkinchisini boshiga ketmon bilan urib jarohatladi

Bosh prokuratura Andijonda bogʻ maydonlariga suv ochish masalasida janjallashgan fuqarodan biri ikkinchisini boshiga ketmon bilan urib jarohatlagani, biroq u jazoga tortilmay kelayotgani aytilgan xabarga munosabat bildirdi.

Bu haqda “MY5” telekanalining “Markaziy studiya” telekoʻrsatuvidag reportajda aytilgan bo‘lib, Andijon viloyati, Andijon tumanida yashovchi Sh.N. boshqa shaxs bilan oʻzaro janjallashib, ketmon bilan tan jarohati yetkazganligiga qaramasdan jazosiz qolayotganligi ta’kidlangan.

Prokuratura xabariga ko‘ra, 2020-yil 24-aprel kuni soat 09:30 da, fuqaro N.I. oʻziga tegishli boʻlgan bogʻdorchilik dala maydonida fuqaro Sh.N. bilan bogʻ maydonlariga suv ochish masalasida oʻzaro janjallashib kolgan. Janjal vaqtida Sh.N. koʻlidagi ketmon bilan N.I.ning bosh qismiga bir marotaba urib, hayot uchun xavfli ogʻir jarohat yetkazgan.

Mazkur holat yuzasidan 24-may kuni Sh.N.ga nisbatan Jinoyat Kodeksining 104-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi koʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilgan.

18-iyun kuni Sh.N.ga Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi bilan ayb eʼlon qilinib, unga nisbatan “Shaxsiy kafillik” extiyot chorasi qoʻllanilgan.

20-iyunda jinoyat ishi yuzasidan tergov harakatlari yakunlanib, mazmunan koʻrib chiqish uchun sudga yuborilgan.

Avvalroq Surxondaryoda tanishi bilan janjallashib, tan jarohati yetkazgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani xabar berilgan edi.

Янгиликлар