Samarqandda 8 nafar fuqaroda koronavirus qayd etildi

O‘zbekistonda 22-iyul soat 23:30 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 55 nafarga ko‘payib, 18 379 nafarni tashkil etmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, yangi kasallanish holatlarining 8 nafari Samarqandda, qolgan 47 nafari Buxoroda qayd etilgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 9872 nafar koronavirus infeksiyasi qayd etilgan bemor tuzalgan. Mamlakatda davolanayotganlar 8409 nafarni tashkil etadi.

Ma’lumot uchun, 22-iyul holatiga ko‘ra, Toshkent shahridagi tibbiyot muassasalarida 102 nafar, Andijon viloyatida 112 nafar, Namangan viloyatida 61 nafar, Qashqadaryo viloyatida 31 nafar, Surxondaryo viloyatida 15 nafar, Farg‘ona viloyatida 14 nafar, Sirdaryo viloyatida 9 nafar, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 4 nafar hamda Jizzax viloyatida 3 nafar — jami 351 nafar bemor tuzaldi.

Янгиликлар