Namanganda bir-biriga tan jarohati yetkazgan shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Namangan viloyati Norin tumanida bir guruh shaxslar jamoat joylarida yurish qoidalarini buzgan, deb xabar qildi IIV huzuridagi tergov departamenti.

Foto: IIV huzuridagi tergov departamenti

Namangan viloyati Norin tumani O‘zbekiston ko‘chasida joylashgan sartaroshxonaning kirish eshigi oldida 2020-yilning 21-iyun kuni soat 18:00 da 39 yoshli O.M. jamoat joylarida yurish-turish qoidalarini qasddan buzib, tanishi, 28 yoshli Sh.J. bilan bir guruh bo‘lgan holda, qo‘lidagi pichoq bilan qo‘rqitib, M.V. (ayol) bilan tortishib turgan vaqtida, uning o‘g‘li 19 yoshli Yu.M. hech bir sababsiz qo‘lida bo‘lgan temir armatura bo‘lagini ko‘rsatib, uni qo‘llash bilan qo‘rqitib, qo‘l va oyoqlari bilan badanlarining turli joylariga urib, do‘pposlab, bir-bilariga tan jarohati yetkazganlar.

Foto: IIV huzuridagi tergov departamenti

Sud tibbiy eskpertiza xulosasiga ko‘ra O.M. va Yu.M., lar “Yengil” tan jarohatlarini olganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Norin tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O.M., ga nisbatan 277-moddasi 2-qismi “b,v” bandlari bilan, Sh.J., ga nisbatan 277-moddasi 2-qismi “v” va Yu.M. 277-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, ularning barchasi gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan va protsessual tartibda ushlangan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.

Янгиликлар