Qo‘qonda talonchilik qilgan shaxs ushlandi

Foto: Sputnik

Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahrida 30-iyun kuni fuqaro Q.D. o‘zi ishlab kelayotgan Turkiston ko‘chasida joylashgan avtomashinalarni yuvish shaxobchasining qorovulxonasiga noma’lum shaxs kirib, bir dona narxi 2.500.000 so‘mlik televizorini olib chiqib ketayotganligini ko‘rib qolgan. Bu haqda Farg‘ona viloyati IIB axborot xizmati xabar beradi.

Mazkur holat yuzasidan Qo‘qon shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 166-moddasi 3-qismi “b” bandi (talonchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Olib borilgan tezkor qidiruv tadbirlari davomida ushbu jinoyatni D.K. sodir etganligi aniqlanib, unga nisbatan qamoq jazosi tayinlangan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda qayd etilgan jinoyatlar o‘tgan yilgiga nisbatan 42 foizga ko‘paygan.