“Qamchiq” dovonida “Nexia” yuk mashinasiga borib urilishi oqibatida 2 kishi jarohatlandi

Foto: Namanganliklar

“Qamchiq” dovonida “Nexia” haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, yuk mashinasiga urilib ketdi. Bu haqda “Tez News” xabar berdi

Ma’lumotlarga ko‘ra A-373 “Toshkent-O‘sh” avtomobil yo‘lining 223 km qismida “Toshkent–Vodiy” yo‘nalishida harakatlangan “Nexia” haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, shu yo‘nalishda oldinda ketayotgan “DAF” rusumli yuk avtomashinasiga urilib ketgan.

Oqibatda, 1983-yilda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan “Nexia” haydovchisi A.M va 1984-yilda tug‘ilgan yo‘lovchi U.Ch tan jarohati olgan.

“Qamchiq” Maxsus qidiruv, yong‘in-qutqaruv boshqarmasining “Beshqo‘l” navbatchilik maskanidan 3 nafar qutqaruvchi voqea joyiga yetib borib, yo‘l-patrul xizmati, tez tibbiy yordam xizmati xodimlari bilan hamkorlikda tan jarohati olgan haydovchi va yo‘lovchiga birinchi yordam ko‘rsatgan.

Yo‘l-transport hodisasiga uchragan haydovchi va yo‘lovchi Angren shahar markaziy shifoxonasiga transportirovka qilingan.

Avvalroq, Buxoroda “Cobalt” yuk mashinasining ostiga kirib ketishi oqibatida uch kishi vafot etgani haqida xabar berilgan edi.

Янгиликлар