Farg‘onada 700 ming so‘mlik telefon o‘g‘irlagan jinoiy guruh qo‘lga olindi. Ular orasida voyaga yetmaganlar ham bor

Farg’onada talonchilik qilgan fuqarolarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Farg‘ona shahrida 30-iyun kuni fuqaro S.D. va voyaga yetmagan P.T.lar guruh bo‘lib, “Yangi-asr” ko‘chasida O.A.ni to‘xtatib, qo‘lidagi 700 000 so‘mlik “Artel U-5” rusumli telefonini tortib olib, hodisa joyidan yashiringan. Bu haqda Farg‘ona viloyati IIB axborot xizmati xabar berdi.

Mazkur holat yuzasidan Farg‘ona shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan N.S. A.A. va O‘.N.larga nisbatan Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi “v” bandlari (talonchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, S.D.ga nisbatan qamoq jazosi qo‘llanilgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda qayd etilgan jinoyatlar o‘tgan yilga nisbatan 42 foizga ko‘paygan, talonchilik va o‘g‘rilik 2,5 barobarga oshgan.

Янгиликлар