Namangan Sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik markazida 248,9 mln so‘mni talon-toroj qilgan shaxslar fosh etildi

Foto: Oliy sud

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Namangan viloyat boshqarmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazildi. Bu haqda Bosh prokuratura “Tez News”ga xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, viloyat Sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik markazi mansabdor shaxslari F.B., A.T. va H.S. MChJlar bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq, 275,9 mln so‘m bo‘lgan “gipoxlorid kalsiy” dizenfeksiyalovchi vositalarni 524,8 mln so‘mga, ya’ni o‘rtacha bozor narxidan 248,9 mln so‘mga qimmat narxlarda sotib olishib, juda ko‘p miqdordagi budjet mablag‘larini talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan markazning mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Avvalroq, Farg‘onada talonchilik qilgan voyaga yetmagan fuqaroga nisbatan jinoyat ishi qo’zg’atilgani haqida xabar berilgan edi.