O‘zbekistonda koronavirusdan 39-o‘lim qayd etildi

Toshkent shahri Yunusobod tumanida yashovchi, 79 yoshli erkakning 19-iyundan tana harorati ko‘tarilib, yo‘tal bezovta qilgan. U bir hafta davomida uyida davolangan. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar beradi.

Oilaviy poliklinikaga 2-iyul kuni birinchi marta murojaat qilgan. Unga COVID-19, yurak ishemik kasalligi, zo‘riqish stenokardiyasi, gipertoniya, parkinsonizm kasalligi tashxisi qo‘yilgan.

Oqibatda bemor o‘tkir yurak qon-tomir va nafas yetishmovchiligidan vafot etdi.

Avvalroq Samarqandda koronavirusga chalingan bemor o‘tkir nafas va yurak-qon tomir yetishmovchiligidan vafot etgani haqida xabar berilgan edi.

Eslatib o‘tamiz O‘zbekistonda koronavirusga chalingan 10 587 nafar bemordan 6 690 nafari sog‘aygan. Davolanayotganlar 3 858 nafarnni tashkil etadi.

Янгиликлар