O‘zbekistonda karantin tartibi keskin kuchaytirildi. To‘ylar va avtomobillar qatnovi cheklandi

O‘zbekistonda 10-iyuldan 1-avgustgacha avtomobil harakati cheklandi. Viloyatlararo avtotransport qatnovlari taqiqlandi. Buyum bozorlari va buyumlar savdosi bilan shug‘ullanuvchi yirik do‘konlar faoliyatini to‘xtatildi. Bu hqida Respublika maxsus komissiyasi xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, davlat organlari va tashkilotlarining asosiy ish faoliyatiga ta’sir etmagan holda qonunchilikda belgilangan tartibda mehnat ta’tiliga chiqarilishi, qolgan qismining mehnat faoliyatini maksimal darajada masofadan turib tashkil etilishi belgilandi.

65 yoshdan oshgan shaxslarning jamoat joylarida, shuningdek, aholining ko‘chalarda va maydonlarda uch kishidan ortiq bo‘lib harakatlanishi cheklandi.

Shuningdek, tomosha, madaniy-ko‘ngilochar, oilaviy to‘y hamda boshqa marosimlar, ommaviy tadbirlar o‘tkazish ham taqiqlanishi, bolalar bog‘chalari, o‘quv kurslari va har qanday to‘garaklar faoliyati cheklanadi.

Bundan tashqari, xalqaro aviaqatnovlar xorijiy davlatlardagi epidemiologik vaziyatni tahlil qilgan holda ikki baravarga qisqartiriladi. Xalqaro yuk tashuvlarni amalga oshiradigan avtotransport vositalari xaydovchilari majburiy tartibda koronavirus infeksiyasini aniqlash bo‘yicha test topshiradi.

Eslatib o‘tamiz, ayni paytda O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasiga chalingan 10 838 fuqarolardan 6 811 nafari sog‘aygan. 3 986 nafari davolanmoqda. Ulardan 24 nafari og‘ir, 13 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Янгиликлар