Farg‘onada firibgarlik qilib, tergovdan yashiringan fuqaro qo‘lga olindi

Farg‘ona shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan qidiruvda bo‘lgan fuqaro F.M. 12-iyul kuni Farg‘ona shahrida qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: “NEWSru.com”

Ma’lum qilinishicha, fuqaro F.M. Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismida (Firibgarlik) ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etib, tergovdan yashiringan. Shu sababli u Farg‘ona shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan qidiruvda bo‘lgan.

“Hurmatli fuqarolar! Qidiruvdagi shaxslar haqida biror ma’lumotga ega bo‘lsangiz, yaqin oradagi Ichki ishlar bo‘limlariga xabar bering. Shaxsingiz sir saqlanishi ta’minlanadi”, — deyiladi Ichki ishlar boshqarmasi xabarida.

Avvalroq Farg‘onada Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi inspektorining qonuniy talabini bajarmasdan, unga faol qarshilik ko‘rsatgan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani haqida xabar berilgandi.

Янгиликлар