Shavkat Mirziyoyev Chernogoriya prezidentini Davlatchilik kuni bilan tabrikladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 13-iyul kuni Chernogoriya prezidenti Milo Jukanovichni milliy bayram – Davlatchilik kuni munosabati bilan tabrikladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lumot uchun, 1878-yilda Berlin kongressi Chernogoriyani 27-mustaqil davlat sifatida tan olgandi. Keyinchalik, 2004-yilning 12-iyuliga kelib, 13-iyul sanasi Davlatchilik kuni sifatida bugungi mamlakat qonunchiligiga kiritilgan.