Surxondaryoda tanishi bilan janjallashib, tan jarohati yetkazgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Surxondaryo viloyati Muzrabot tumanida 18-iyun kuni fuqaro M.A. tanishi P.Sh.ni urib, tan jarohati yetkazgan, deb xabar bermoqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati.
Ta’kidlanishicha, 18-iyun kuni soat 23:00 da Muzrabot tumanida yashovchi M.A. oldindan tanish bo‘lgan P.Sh. bilan o‘zaro janjallashib, qo‘li bilan uning bosh va yuz sohalariga urgan. Oqibatda fuqaro M.A. tanishiga sog‘lig‘ining buzilishiga sababchi bo‘lgan yengil tan jarohati yetkazgan.
Voqea yuzasidan 11-iyul kuni M.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 109-moddasi (Qasddan badanga yengil shikast yetkazish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Avvalroq Davlat xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar vazirligi xodimlari tomonidan Surxondaryo viloyatining Boysun tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda “Jihodchilar” oqimining 15 nafar a’zosidan iborat guruh faoliyatiga chek qo‘yilgani haqida xabar berilgandi.