Andijonda yana 62 kishida koronavirus qayd etildi
Andijonda 15-iyul soat 10:00 holatiga ko‘ra, 62 nafar fuqaroda koronavirus infeksiyasi aniqlandi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, kasallik viloyatda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 208 nafarga ko‘payib, 14 293 nafarga yetdi. Shundan, 75 nafari karantin markazidagi xorijdan kelgan fuqarolar orasida, 71 nafari Toshkent shahrida aniqlangan.
Mamlakatda 8327 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqaro sog‘aygan.