Andijonda 26 nafar bemor koronavirusdan tuzaldi
Andijon viloyatida koronavirusdan davolanayotgan 26 bemor butkul sog‘aydi. Bu haqida Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 20-iyul, dushanba kuni 17:00 ga qadar Toshkent shahridagi tibbiyot muassasalarida 13 nafar, Samarqand viloyatida 46 nafar, Andijon viloyatida 26 nafar, Buxoro viloyatida 14 nafar hamda Jizzax viloyatida 9 nafar — jami 108 nafar bemor tuzalgan.
Avvalroq O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 183 nafarga ortib, 17 149 nafarga yetgani xabar qilingandi.
Ma’lumot uchun, 20-iyul 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda 9387 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlar sog‘aygan, 90 nafari vafot etgan.