O‘zbekistonda yana 165 kishida koronavirus aniqlandi

O‘zbekistonda 21-iyul soat 17:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 165 nafarga oshib, 17 755 nafarni tashkil etmoqda.

Ma’lum qilinishicha, yangi kasallanish holatlarining 104 nafari Toshkent shahrida, 7 nafari Toshkent viloyatida tana harorati ko‘tarilganligi sababli profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida, 54 nafari Andijon viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Ma’lumot uchun ayni paytda O‘zbekistonda 9463 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (53 foiz) sog‘aygan.

Hozirda 8199 nafar bemor koronavirusdan davolanmoqda.

Avvalroq Toshkentda koronavirusga chalingan 64 yoshli erkak vafot etib, O‘zbekistonda o‘lim holatlari soni 92 nafarga yetgani xabar qilingandi.

Янгиликлар