Namangan viloyati hokimligi axborot va kiberxavfsizlikni ta’minlash reytingida respublikada birinchi o‘rinni egalladi

Kiberxavfsizlik markazi tomonidan davlat organlari hamda tashkilotlarida axborot va kiberxavfsizlikni ta’minlash reytingi aniqlandi. Namangan viloyati hokimligi ushbu reytingda birinchi o‘rinni egalladi, deb xabar bermoqda viloyat hokimligi matbuot xizmati.

Ta’kidlanishicha, reyting Kiberxavfsizlik markaziga davlat organlari tomonidan axborot va kiberxavfsizlikni monitoring qilish tizimi doirasida taqdim etilayotgan ma’lumotlar asosida baholangan.
Buy Ambien Without

21-iyul, chorshanba kuni 2020-yilning II choragi bo‘yicha monitoring natijalari chop etilgan.

“Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlar hokimliklari orasida Namangan viloyati hokimligi eng yuqori natijani ko‘rsatib, mazkur reytingda 83,9 ball bilan birinchi o‘rinni egalladi.

Ta’kidlash joiz, Namangan viloyat hokimligi koronavirus pandemiyasi davrida viloyatda ehtiyojmand va nochor oilalarga mo‘ljallangan xayriyalarning va homiyliklarning aniq hisob-kitobini onlayn yuritish imkonini beruvchi dastur ishga tushirgandi”, — deyiladi hokimlik xabarida.
http://salagala.cat/dds1csr