Namanganda yana 34 nafar bemor koronavirusdan sog‘aydi

Namanganda 22-iyul, chorshanba kuni koronavirus infeksiyasiga chalinib, Namangan viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasida davolangan 34 nafar bemor butunlay sog‘aydi. Bu haqda Telegram’dagi “Namkoronavirusinfo” kanalida ma’lum qilindi.

Ta’kidlanishicha, Namangan shahri, Uychi, Kosonsoy, Chust, Chortoq tumanlari va Toshkent shahridan jami 18 nafar ayol va 16 nafar erkak koronavirusdan tuzalgan.

Ma’lumot uchun, viloyatda koronavirus infeksiyasidan to‘liq tuzalganlar soni 419 kishiga yetdi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 22-iyul soat 10:00 holatiga ko‘ra 18 171 nafarni tashkil etmoqda.

Shuningdek, mamlakatda 9521 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqaro sog‘aygan.

Hozirda 8554 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 101 nafari og‘ir, 32 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Янгиликлар