Sirdaryoda farzandini 17 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan ayol qo‘lga olindi

Sirdaryo viloyati Guliston shahrida tegishli davlat idoralari tomonidan odam savdosining oldini olish bo‘yicha maxsus tadbir o‘tkazilib, unda farzandini katta miqdordagi pul evaziga sotmoqchi bo‘lgan ayol qo‘lga olindi, deb xabar berdi Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati.

Foto: Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi

Guliston shahar Xalqlar do‘stligi ko‘chasi, “Shohrux” mehmonxonasi ro‘parasida maxsus ishchi guruh tomonidan jalb etilgan M.X.ga Guliston shahrida yashovchi O‘.A. 2019-yil tug‘ilgan qiz farzandi O‘.L.ni 17 000 ming AQSh dollari evaziga sotayotgan vaqtida ushlangan.

Fuqaro O‘.A. Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Sirdaryo viloyati boshqarmasi va Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi TEQKB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tadbir davomida qo‘lga olingan.

Foto: Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi

Ta’kilanishicha, daliliy ashyo sifatida olingan pullarga bayonnoma hamda tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Avvalroq Surxondaryoda chaqalog‘ini 10 million so‘mga, Gulistonda bir oylik chaqaloqni 18 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan ayollar qo‘lga olingani haqida xabar berilgandi.

Янгиликлар