Namanganda yana 18 ta koronavirusga chalinish holati aniqlandi

O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 28-iyul soat 10:00 holatiga ko‘ra, 297 nafarga oshib, jami kasallanganlar 21 506 (+297) kishiga yetdi.

Shundan 18 nafari Namanganda qayd etildi.

Viloyatda jami kasallanganlar soni 689 taga yetgan, o‘lim holatlari soni 5 tani tashkil etmoqda.

Ayni paytda mamlakatda 11 674 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqaro (54 foiz) sog‘aygan.

Hozirda 9 710 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 215 nafari og‘ir, 81 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.