Farg‘onada 31-iyul kuni qanday ob-havo kutilayotgani ma’lum qilindi
“O‘zgidromet 31-iyul, juma kuni Farg‘ona viloyatida qanday ob-havo kutilayotganini ma’lum qildi.
Foto: “O‘zA”
Qayd etilishicha, Farg‘onada havo o‘zgarib turadi, kechga tomon ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Harorat kechasi 19-24 daraja, kunduzi 33-38 daraja bo‘ladi.