Buxoroda yana 32 kishi koronavirusga chalindi

O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 28-iyul soat 10:00 holatiga ko‘ra, 297 nafarga oshib, jami kasallanganlar 21 506 (+297) kishiga yetdi.

Shundan 32 nafari Buxoroda aniqlangan.

Viloyatda umumiy holatlar soni 753 taga yetdi.

Sog‘ayganlar 80 foiz, o‘lim holatlari esa 5 tani tashkil qilmoqda.

Ayni paytda mamlakatda 11 674 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (54 foiz) sog‘aygan.

Hozirda 9 710 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 215 nafari og‘ir, 81 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Янгиликлар