Andijonda intensiv usulda baliq yetishtirish yo‘lga qo‘yildi
Andijon viloyati Izboskan tumanida tezkor usulda baliq yetishtirish ishlari yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda Andijon viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Andijonda baliqchilik tarmog‘ini yanada rivojlantirish va aholining baliq mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini uzluksiz ta’minlash maqsadida intensiv usuldan samarali foydalanilmoqda.
Izboskan tumani hokimi Serobiddin Ismoilov “Qoradaryo sohili” dam olish maskani qoshida tashkil etilgan intensiv usulda baliq mahsulotlarini yetishtirish qay tartibda ekanligi bilan tanishdi.
Avvalroq Andijonda aholini kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha fuqarolarga 470 bosh zotdor echki tarqatish boshlangan edi. Shuningdek, Oltinko‘l tumanida ekilgan dastlabki soyalar ham meva tuggani haqda xabar berilgan edi.