Samarqandda muddatli harbiy xizmatga chaqirilgan askarlar qasamyod qabul qildi
Markaziy harbiy okrugga qarashli Samarqand gornizonida muddatli harbiy xizmatga chaqirilgan askarlarning qasamyod qabul qilishiga bag‘ishlangan marosim bo‘lib o‘tdi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, tadbirda Markaziy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni, polkovnik Oybek Saidov Mudofaa vazirining askarlarga yo‘llagan bayram tabrigini o‘qib eshittirgan.
Harbiy qasamyod qabul qilishga bag‘ishlangan tadbir karantin talablari va qoidalari asosida o‘tkazilgan. Yakunda askarlarga Prezident tomonidan yuborilgan kitoblar sovg‘a qilingan.
Avvalroq Markaziy harbiy okrug qo‘shinlarida xizmat burchini boshlagan muddatli harbiy xizmatchilar uchun Jizzax viloyatidagi “Forish” va Samarqanddagi “Sazagan” dala-o‘quv maydonlarida jangovar texnika va qurol-yarog‘lar ko‘rgazmasi o‘tkazilgani haqida xabar berilgandi.