Navoiyda koronavirusga chalingan bermorlarning yana 12 nafari tuzaldi

Navoiy viloyatida koronavirusdan tuzalganlarning jami soni 252 nafarga yetdi, deb xabar bermoqda SSV matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, viloyatda 2-iyul kuni yana 12 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sogʻayib, oʻz uyiga kuzatildi.

O‘zbekiston bo‘ylab esa kasallikdan sogʻayganlarning umumiy soni 6034 nafarni tashkil etmoqda.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston 2-iyul soat 17:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilgan bemorlar soni 8996 nafarga yetdi. Epidemiyasi boshlanganidan beri jami 27 nafar bemor kasallik asoratlari oqibatida hayotdan ko‘z yumgan.