Samarqandda tug‘ilgan siam egizaklari vafot etdi

 

Foto: Samarqand viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi

Ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda 29-iyun kuni Samarqandda ikki boshli chaqaloq dunyoga kelganligi haqida xabar tarqaldi.

25-iyun kuni fuqaro M.Ch. homilaning 38 haftaligi bilan viloyat Perinatal markaziga murojaat qilgan hamda 27-iyun, shanba kuni undan siam egizaklari dunyoga kelgan.

Chaqaloqlarda nafas va yurak yetishmovchiligi borligi, ularga doimiy namlangan va ilitilgan kislorod bilan nafas olishi hamda tajribali mutaxassislar nazoratida bo‘lishi zarurligi sababli egizaklar 29-iyun kuni Samarqand viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markaziga o‘tkazilgan edi.

Samarqand viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi axborot xizmatining xabar berishicha, 6-iyun kuni viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi shifokorlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor reanimatsion muolajalarga qaramasdan, chaqaloqlarda ko‘p sonli tug‘ma rivojlanish nuqsonlar borligi sababli dastlab soat 7:50 da siam egizaklarining birinchisi, 10:50 da esa ikkinchisi nafas va yurak yetishmovchiligi tufayli vafot etgan.

Янгиликлар