“Abu Saxiy” yopildi. Bozorning bir nechta xodimlarida koronavirus aniqlangan

Toshkentdagi “Abu Saxiy” bozori xodimlari va bozor hududida savdo qiluvchi tadbirkorlar orasida virusga chalinganlar aniqlangani tufayli bozor vaqtincha yopildi, deb xabar berdi Chilonzor tumani hokimligi

“6-iyul kuni O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasining tarqalishini oldini olish uchun o‘tkazilayotgan rejali profilaktik tadbirlar vaqti Chilonzor tumanida joylashgan Tashkent Trade Center (Abu Saxiy) savdo markazi ma’muriyati ishchilari va tadbirkorlardan koronavirus infeksiyasiga namuna olindi. Test tahlillari natijasiga ko‘ra, bir necha xodimlarda koronavirus infeksiyasi borligi aniqlandi.

Tuman sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik markazi mutaxassislari xulosasiga ko‘ra, Tashkent Trade Center savdo markazi profilaktika tadbirlarini o‘tkazish uchun vaqtincha yopildi”, deyiladi rasmiy xabarda.

Ma’lumot uchun 29-iyun kuni ham “Abu Saxiy” savdo markazi xodimida koronavirus aniqlanganligi xabar qilingan, lekin bozor faoliyati to‘xtatilmagan.

Янгиликлар