Andijonda erkak oilaviy kelishmovchilik sabab xotini va qizini pichoqlab o‘ldirdi

Andijon viloyati Asaka tumanida yashovchi Ismoil Abdurazzoqov (ism-sharifi o‘zgartirilgan) oilaviy kelishmovchilik oqibatida turmush o‘rtog‘i va qizini pichioqlab o‘ldirdi. Bu haqda Oliy sud xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, to‘yga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida uyida ta’mirlash ishlarini olib borayotgan Ismoil Abdurazzoqov ishni tugatgach, uyda turgan spirtli ichimlikdan 200 gramm iste’mol qiladi. Kech bo‘lganligi sababli eshikni qulflash uchun kalitning qayerdaligini so‘ragan payt er-xotin o‘rtasida janjal kelib chiqadi. Bunda Ismoil Abdurazzoqovning turmush qurish arafasida turgan qizi ham onasining tarafini oladi. Xotini tomonidan sensirab, jerkib berilgan, qizi tarafidan behurmat qilingan Ismoil Abdurazzoqov bu holatga chiday olmay, yarim kechada uyg‘onib, xotinining badaniga 5 marta pichoq sanchib o‘ldiradi. Shundan so‘ng toza kiyimlarini topib berish maqsadida qizini uyg‘otib, javondan kiyim izlayotgan, yaqin orada turmushga chiqayotgan qizining tanasiga 18 marta pichoq urib, uning ham qotiliga aylanadi .

Fuqaro tuman IIBga borib, qotillikka qo‘l urganiga o‘zi iqror bo‘lgan. Unga nisbatan Ji­noyat­ kodeksining 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) 2-qismi “a”, “v”, “j” band­lari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Avvalroq Andijon viloyati Asaka tumanida 9 yashar qiz o‘ldirib ketilgani va uning o‘limida ayblanib 23 yoshli qo‘shni ayol qo‘lga olingani xabar qilingan edi.

Янгиликлар