Sergelida kam ta’minlanganlarga ajratilgan 95,8 mln so‘m mablag‘ talon-toroj qilinganligi aniqlandi

Foto: Oliy sud

Respublika “Mahalla” xayriya jamoat fondi Sergeli bo‘limi mansabdor shaxslari umumxalq xayriya hashari hisobidan kelib tushgan mablag‘larni ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar uchun sovg‘a, moddiy yordam pullari berilganligi va boshqa ijtimoiy yordamlar ko‘rsatilganligi haqida soxta bayonnomalarni rasmiylashtirish orqali 95,8 mln so‘m mablag‘larni talon-toroj qilganliklari aniqlangan. Bu haqda Bosh prokuratura “Tez News”ga xabar berdi.

Mazkur holat yuzasidan Respublika “Mahalla” xayriya jamoat fondi Sergeli bo‘limi mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Avvalroq Namangan Sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik markazida 248,9 mln so‘mni talon-toroj qilgan shaxslar fosh etilgani haqida xabar berilgan edi.

Янгиликлар