O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar 83 nafarga oshib, 10 670 kishiga yetdi

O‘zbekistonda 7-iyul soat 23:30 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilgan bemorlar soni 83 nafarga ko‘paydi va kasallanganlarning umumiy soni 10 670 nafarga yetdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlarining:

23 tasi Toshkent viloyatida (shundan 16 tasi koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 7 tasi aholi orasida);

18 tasi Toshkent shahrida (shundan 4 tasi koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 14 tasi aholi orasida);

15 tasi Buxoro viloyatida;

15 tasi Sirdaryo viloyatida;

12 tasi Navoiy viloyatida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shuningdek, Toshkent shahridagi tibbiyot muassasalarida 59 nafar, Qashqadaryo viloyatida 54 nafar, Jizzax viloyatida 6 nafar, Buxoro viloyatida 2 nafar, jami 121 nafar bemor tuzaldi va O‘zbekistonda jami sog‘ayganlar soni 6811 nafarga yetdi.

Yana 3819 nafar bemorga shifokorlari tomonidan belgilangan standartlar boʻyicha davo choralari koʻrilmoqda. Virus qurbonlari soni esa 40 nafarni tashkil qilmoqda.

Янгиликлар