O‘zbekistonda bir qancha banklar AQSh dollarini 10 250 so‘mdan sotishni boshladi

O‘zbekistondagi bir qancha banklar 13-iyul, dushanba kuni ertalab dollar kursini oshirdi. Bu haqda Spot xabar berdi.

Foto: “Xalq so‘zi”

Ta’kidlanishicha, ayrim banklar dollarni 10 200 so‘mdan sotib olish va 10 250 so‘mdan sotishni boshlagan. O‘tgan hafta koridor 10 190 so‘m va 10 220 so‘mni tashkil qilgan.

“Ushbu xabar e’lon qilingan paytda Markaziy bank hali dollarning rasmiy kursini e’lon qilmagandi, ammo bundan oldin ketma-ket uch hafta davomida kurs to‘xtovsiz o‘sdi. 10-iyuldagi valyuta kursiga ko‘ra, dollar 10 202 so‘mni tashkil qilgandi”, — deyiladi xabarda.

Avvalroq Spot may oyidagi valyuta bozori holatini tahlil qilgandi. Unga ko‘ra, aholi ancha ko‘p miqdorda dollar sotishni boshlagan va shu sabab so‘m 0,15 foizga qadrsizlangan.