Farg‘onada 16-iyul kuni qanday ob-havo kuzatiladi?

“O‘zgidromet” 16-iyul, payshanba kuni Farg‘onada viloyatida kutilayotgan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.

Foto: “Sputnik”

Unga ko‘ra, viloyatda havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi.

Shamol sharqdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 19-24 daraja, kunduzi 34-39 daraja boʻladi.

Янгиликлар