Namanganda 16-iyul kuni qanday ob-havo kuzatilishi ma’lum qilindi
“O‘zgidromet” 16-iyul, payshanba kuni Namangan viloyatida kutilayotgan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.
Foto: “Namangan.uz”
Unga ko‘ra, viloyatda havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi.
Shamol sharqdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 19-24 daraja, kunduzi 34-39 daraja boʻladi.