O‘zbekistonda yana 115 kishida koronavirus aniqlanib, kasallanganlar soni 14 500 nafardan oshdi

O‘zbekistonda 15-iyul soat 23:30 holatiga ko‘ra, yana 115 nafar kishida koronavirus infeksiyasi aniqlanib, kasallanganlarning umumiy soni 14581 nafarga yetdi, deb xabar bermoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi.

Yangi kasallanish holatlarining 69 nafari Karantin markazidagi fuqarolar (barchasi xorijdan kelgan) orasida, 31 nafari Andijon viloyatida, 15 nafari Surxondaryo viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda boʻlganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shuningdek, 15-iyulda  jami 328 nafar bemor  tuzalib, sog‘ayish bo‘yicha kunlik rekord yangilandi. Hozirda mamlakatda 5855 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar boʻyicha davo choralari koʻrilmoqda.

Kasallik asoratlaridan vafot etganlar soni 72 nafarga yetgan.

Янгиликлар