Paxtaobod tumanida paxta ochildi (foto)

Andijon viloyati Paxtaobod tumanidagi “Oltin zamin jilosi” fermer xo‘jaligida paxta ochila boshladi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Andijon viloyati hokimligi matbuot xizmati

Ta’kidlanishicha, Navro‘zbek Jalilov rahbarligidagi xo‘jalik a’zolari jami 116 gektar maydonda dehqonchilik qiladi. Shundan 46 gektariga g‘o‘zaning “An-36” navi ekilgan bo‘lib, 16 gektari plyonka ostiga qadalgan. Dalalarda ekin ekish ishlari 14-mart sanasidan boshlangan.

Foto: Andijon viloyati hokimligi matbuot xizmati

Foto: Andijon viloyati hokimligi matbuot xizmati

Avvalroq Andijonda 600 gektar yer maydoni bog‘dorchilikka qiziqqan yoshlarga ajratilishi belgilangani xabar qilingandi.

Eslatib o‘tamiz, 9-iyul kuni Xovuskon ziyoratgohida pandemiya sharoitida ogʻir vaziyatda qolgan xotin-qizlarga 15 ta nogironlar aravachasi, 10 ta tikuv mashinasi, 17 ta minipech, 7 ta parkoʻrpa, 6 nafar ayolga 50 tadan parranda, bir nafar nogiron ayolning farzandiga noutbuk, bir nafar ayolga esa kir yuvish mashinasi taqdim etilgani haqda xabar berilgandi.

Янгиликлар