Andijonda pandemiya sharoitida ogʻir vaziyatda qolgan xotin-qizlarga ijtimoiy yordam ko‘rsatildi
Andijon viloyatida ijtimoiy himoyaga muhtoj bir guruh xotin-qizlarga ijtimoiy yordam ko‘rsatildi, deb xabar bermoqda viloyat hokimligi matbuot xizmati.
Shu maqsadda 9-iyul kuni Xovuskon ota ziyoratgohida, ogʻir ijtimoiy vaziyatdagi xotin-qizlar muammolarini bartaraf qilib ularni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qabul qilingan dasturning ijrosi doirasida tadbir oʻtkazildi.
Tadbirda koʻzda tutilgan xotin-qizlarga 15 ta nogironlar aravachasi, 10 ta tikuv mashinasi, 17 ta minipech, 7 ta parkoʻrpa, 6 nafar ayolga 50 tadan parranda, bir nafar nogiron ayolning farzandiga noutbuk, 1 nafar ayolga kir yuvish mashinasi taqdim etilgan.
Shuningdek, 3 nafar bemor ayolga davolanishlari uchun yoʻllanma va 3 nafar ayolga dori-darmonlardan yordam koʻrsatilgan.
Shuningdek, 25 ta mahalla fuqarolar yig‘iniga kompyuter jihozlari taqdim etildi. Tadbirda viloyat hokimi oʻrinbosari, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boshqarmasi boshligʻi M.Yunusova, tuman hokimi, sektor rahbarlari va mahalla faollari ishtirok etgan.