Toshkent viloyatida mahalla noziri o‘zini yoqib yuborgan ayolni qutqarib qoldi
Toshkent viloyati Bo‘ka tumanida 2020-yilning 8-iyul kuni o‘zini yoqib yuborgan 67 yoshli ayol hududdagi “Qoraquduq” MFY profilaktika inspektori katta leytenant Farhod Qulmatov tomonidan qutqarib qolindi. Bu haqda IIBB axborot xizmati “TezNews”ga xabar berdi.
Foto: IIBB axborot xizmati
Foto: IIBB axborot xizmati
Inspektor o‘z hududida xizmat olib borayotgan vaqtida baqiriq ovozini eshitgan. Vaziyatdan xabar olish uchun borganida “Qoraquduq” mahallasida yashovchi 67 yoshli fuqaro M.X. o‘zini yoqib yuborayotganini ko‘rib, darhol olovni o‘chirish choralarini ko‘radi va fuqaroga birinchi yordam ko‘rsatib, uning hayotini saqlab qolgan. U ayolning benzin sepilgan va yonayotgan kiyimlarini yirtib, xonasidagi parda bilan ustini o‘ragan payti o‘zining qo‘lini ham kuydirib olgan.
Foto: IIBB axborot xizmati
Foto: IIBB axborot xizmati
Tuman markaziy shifoxonasi tomonidan fuqaro M.X.ga I—II darajali kuyish tashxisi qo‘yilgan. Shuningdek, katta leytenant Farhod Qulmatov fuqaroni qutqarayotgan vaqtida uning o‘zida (o‘ng qo‘l sohasi) ham II—III darajali kuyish jarohati borligi shifoxona ma’lumotnomasida ko‘rsatilgan.
Foto: IIBB axborot xizmati
Foto: IIBB axborot xizmati
Foto: IIBB axborot xizmati
Foto: IIBB axborot xizmati
Foto: IIBB axborot xizmati
Foto: IIBB axborot xizmati
Fuqaro M.X. suhbat davomida oilasida o‘zaro kelishmovchilik kelib chiqqani va bundan qattiq ranjiganini aytib, joniga qasd qilish maqsadida o‘zini yoqib yuborganini bayon qilgan.
Foto: IIBB axborot xizmati
Hozirda mazkur holat yuzasidan Bo‘ka tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.