Andijonda yana 54 kishida koronavirus aniqlandi
O‘zbekistonda 21-iyul soat 17:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 165 nafarga oshib, 17 755 nafarni tashkil etmoqda.
Ma’lum qilinishicha, yangi kasallanish holatlarining 54 nafari Andijon viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Shunday qilib, Andijonda koronavirusga chalingan fuqarolar soni 424 kishiga yetdi.
Avvalroq Andijonda 57 kishi koronavirus yuqtirib olgani xabar qilingandi.