Asaka tumani hokimi 103 ga qo‘ng‘iroq qilib, tez tibbiy yordamning shayligini tekshirdi

Asakada tuman hokimi, tuman moliya bo‘limi va tibbiyot birlashmasi boshlig‘i Inomjon Mamadaliyev hududdagi mavjud tez tibbiy yordam bo‘limlariga borib, ularning ish faoliyati va mavjud holatni o‘rgandi. Bu haqida Andijon viloyat hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

Foto: Asaka tumani hokimligi matbuot xizmati

Ma’lumotlarga ko‘ra, tez tibbiy yordam bo‘limlariga ajratilgan avtomashinalarning holati, tez yordam shifokori va hamshiralarining ish tartibi, zaruriy vositalarning mavjudligi ham tekshirildi.

Foto: Asaka tumani hokimligi matbuot xizmati

Foto: Asaka tumani hokimligi matbuot xizmati

Shuningdek, tez tibbiy yordam bo‘limlarida dori-darmonlarning zaxirasi, xodimlarga yaratilgan shart-sharoitlar ko‘zdan kechirildi. Tuman hokimi tez tibbiy yordam raqami — 103 ga qo‘ng‘iroq qilinib, ularning shayligi tekshirdi.

Avvalroq Shuhrat Abdurahmonov viloyatdagi epidemiologik holat haqida ma’lumot bergandi.

Ma’lumot uchun, 21-iyul soat 17:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 165 nafarga oshib, 17 755 nafarni tashkil etmoqda.

Янгиликлар