Buxoroda hafta davomida ob-havo quruq bo‘lishi ma’lum qilindi

“O‘zgidromet” hafta davomida Buxoro viloyatida qanday ob-havo kutilayotgani haqida xabar berdi.

Foto: Egypt Independent

Unga ko‘ra, ish haftasi mobaynida — 20—24-iyul kunlari ob-havo issiq va quruq bo‘ladi. Harorat kechasi 20-25 daraja iliq, kunduzi 35-40 daraja issiq bo‘ladi. Cho‘l hududlarda 42 darajaga yetadi.

“Harorat fonining yuqori bo‘lishiga qaramasdan, bu bizning mintaqa uchun anomal harorat emas. Shu davr uchun eng yuqori harorat Navoiy viloyatidagi Buzauboy meteostansiyasida 2019-yil 20-iyulda qayd etilgan, o‘shanda havo 47,7 darajani tashkil etgan”, — deb yozadi “O‘zgidromet”.

Янгиликлар