Farg‘onada tergovdan yashiringani uchun qidiruvda bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi

Farg‘ona shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan tergovdan yashiringanligi sababli qidiruvda bo‘lgan M.I. 20-iyul kuni qo‘lga olindi. Bu haqda Farg‘ona viloyati IIB axborot xizmati xabar berdi.

Unga Jinoyat kodeksining 159-moddasi 3-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etgani uchun tergov ishlari qo‘zg‘atilgan edi.

“Hurmatli fuqarolar! Qidiruvdagi shaxslar haqida biror ma’lumotga ega bo‘lsangiz, yaqin oradagi ichki ishlar bo‘limlariga xabar bering. Shaxsingiz sir saqlanishi ta’minlanadi”, — deya ogohlantiradi Farg‘ona viloyati IIB o‘zining rasmiy saytida.

Avvalroq, Buvaydadagi do‘kondan jami 30,4 million so‘mlik telefonlarni o‘g‘irlagan voyaga yetmagan ikki bolaga jinoiy ish qo‘zg‘atilgani xabar qilingan edi. Shuningdek, Farg‘onada 700 ming so‘mlik telefon o‘g‘irlagan jinoiy guruh qo‘lga olingan edi. Quvada esa narxi bir yarim million so‘mlik telefon o‘g‘irlagan shaxs qo‘lga olingandi.

Янгиликлар