“Jomiy” bozori yaqinidagi bir nechta qurilish do‘konlarida kelib chiqqan yong‘in o‘chirildi

Toshkent shahri “Jomiy” bozori yaqinidagi bir nechta qurilish do‘konlarida 22-iyul kuni kelib chiqqan yong‘in o‘chirildi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.

Foto: «UzNews»

Xabarda aytilishicha, yong‘in soat 15:34 da boshlangan. Hodisa joyiga bir necha daqiqada Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining 6 ta o‘t o‘chirish va qutqaruv guruhi yetib keldi.

Soat 16:01 da yong‘in mahalliylashtirildi va 16:14 da butunlay o‘chirildi. Deyarli 200 kvadrat metr joy yonib ketdi. Mutaxassislar yong‘in sabablarini o‘rganmoqda. Favqulodda vaziyatlar vazirligi qutqaruvchilarining tezkor harakatlari tufayli yong‘inga yaqin joyda joylashgan do‘konlarning 2 ming kvadrat metr hududi qutqarib qolindi.

Avvalroq Farg‘onada harbiy xizmatchi yong‘inda qolgan odamlar hayotini saqlab qolgani xabar berilgan edi. Shuningdek, Yozyovon tumanida choyxona va savdo do‘konlarida ham yong‘in chiqqan edi.

 

Янгиликлар