O‘zbekistonda yana 153 kishida koronavirus aniqlandi

O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 22-iyul soat 17:00 holatiga ko‘ra, 18 324 (+153) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlarining

  • 93 nafari karantin markazidagi fuqarolar (barchasi xorijdan kelgan) orasida;
  • 60 nafari Toshkent shahrida tana harorati ko‘tarilganligi sababli profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Hozirda 9 554 (+145) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (52 foiz) sog‘aygan.

Mamlakatda 8 673 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

Avvalroq Namanganda yana 34 nafar bemor koronavirusdan sog‘aygani va Toshkentda koronaviursga chalingan 80 yoshli ayol vafot etgani haqida xabar berilgan edi.

Янгиликлар