Qo‘qonda sheriklari bilan o‘g‘irlik qilib, qidiruvda yurgan shaxs qo‘lga olindi

Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahar IIO FMB jinoyat qidiruv xodimlari o‘g‘irlik sodir etib, tergovdan yashirinib yurgan fuqaroni qo‘lga oldi, deb xabar berdi viloyat Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati.

Xabarda aytilishicha, fuqaro U.K. hamkasblari bilan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (O‘g‘irlik) 4-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etib, tergovdan yashirinib yurgan. Biroq 21-iyul kuni Qo‘qon shahar IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.

Viloyat ichki ishlar boshqarmasi xabarida, shuningdek, qidiruvdagi shaxslar haqida biror ma’lumotga ega bo‘lgan fuqarolardan yaqin oradagi IIBga xabar berishlarini so‘ragan.

Avvalroq Farg‘onada tergovdan yashiringani uchun qidiruvda bo‘lgan fuqaro va Qo‘qonda soxta tadbirkorlik bilan shug‘ullanib, soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlagan shaxs qo‘lga olingani haqida xabar berilgandi.

Янгиликлар