Sirdaryoda “ISUZU” avtomashinasi “Kamaz”ga urilishi oqibatida yong‘in kelib chiqdi (foto)

Termiz—Toshkent yo‘nalishining 920-kilometrida “ISUZU” mashinasi haydovchisi harakat boshqaruvini yo‘qotib, yo‘l chetida turgan “Kamaz”ga borib urilgan va voqea joyida yong‘in kelib chiqqan. Bu haqda Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi YHXB axborot xizmati xabar berdi.

Foto: Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi YHXB axborot xizmati

Sirdaryo viloyati Oqoltin tumanida 2020-yil 21-iyul kuni soat 04:30 atrofida hududdan o‘tgan M-39 yo‘lining Termiz-Toshkent yo‘nalishi 920-kilometrida haydovchi A.J. boshqaruvidagi «ISUZU» avtomashinasini haydab ketayotgan bo‘lgan. Yo‘lning qarama-qarshi tomonidagi transport vositasining uzoqni yorituvchi chiroqlari haydovchi ko‘zini qamashtirib yuborganligi oqibatda A.J. boshqaruvidagi mashina yo‘l chetida to‘xtab turgan B.B. boshqaruvidagi “Kamaz 53212” tirkamasining orqasiga borib urilgan va hodisa joyida “ISUZU” avtomashinasida yong‘in kelib chiqqan.

Foto: Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi YHXB axborot xizmati

Foto: Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi YHXB axborot xizmati

Foto: Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi YHXB axborot xizmati

Ushbu YTHda «ISUZU» avtomashinasi yo‘lovchisi S.P. chap o‘mrov suyagi sinishi tashxisi bilan tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.

Ma’lumot uchun, yo‘l harakati qoidalarining 135-bandida “Ko‘zi qamashgan haydovchi avariya ishoralarini yoqishi, harakatlanish bo‘lagini o‘zgartirmasdan, tezlikni kamaytirishi va to‘xtashi kerak”ligi belgilab qo‘yilgan.

Avvalroq “Qamchiq” dovonida “ISUZU” jarga qulab, 2 kishi voqea joyida vafot etgani va “Nexia” yuk mashinasiga borib urilishi oqibatida 2 kishi jarohatlangani haqida xabar berilgandi.

Янгиликлар