Dunyo bo‘yicha koronavirusga chalinganlar soni 15 milliondan oshdi

Dunyoda koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgan bemorlar soni 15 016 440 kishiga yetdi. Bundan tashqari, so‘nggi bir sutkada dunyo bo‘yicha 149 283 kishi virus yuqtirib oldi. Jons Hopkins universiteti saytidagi ma’lumotlar shundan dalolat bermoqda.

Foto: “Associated Press”

Ma’lumotlarga ko‘ra, dunyo bo‘ylab 8 528 983 nafar bemor sog‘aygan, 618 001 kishi kasallikdan vafot etgan. AQSh 3 925 025 bemor bilan koronavirus yuqtirish bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinda bormoqda. Braziliya 2 159 654 bemor bilan ikkinchi, Hindiston esa 1 193 078 holat bilan uchinchi o‘rinda turibdi.

O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 22-iyul soat 17:00 holatiga ko‘ra, 18 324 nafarni tashkil etgan. Hozirda 9554 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (52 foiz) sog‘aygan, 8673 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

Avvalroq Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining sobiq eksperti Klaus Shtor dunyoning 80 foiz aholisi vaksinasiz qolishini aytgani xabar qilingandi. Uning fikricha, 2021-yilning boshigacha dunyo aholisi 7,5 milliard kishiga yetishiga qaramay, dunyoda atigi yarim milliard doza vaksina mavjud bo‘ladi.

Янгиликлар