Olotda uyida noqonuniy ravishda sovuq qurol saqlab kelayotgan fuqaro aniqlandi

Buxoro viloyati Olot tumanida fuqaro uyida sovuq qurol saqlab kelayotganligi aniqlangan. Ayni paytda tegishli tartibda rasmiylashtirib olingan qurol huquqni muhofaza qiluvchi idora vakillarida saqlanmoqda. Bu haqida “Zamon” informatsion dasturida ma’lum qilindi.

Buxoro viloyati Bojxona boshqarmasida kontrobandaga qarshi kurashish va bojxona auditiya bo‘limi xodimlari bilan hamkorlikda hamda viloyat Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari bilan hamkorlikda Olot tumanida olib borilgan tezkor tadbirda o‘qdori va qurol aslahalarni noqonuniy saqlash holati aniqlangan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Buxoro viloyati Olot tumanida yashovchi 59 yoshli fuqaro dala hovlisidagi shiypon oldida to‘xtatilib yonida va dala shiyponida noqonuniy ashyolar bor-yo‘qligi so‘ralganida u yo‘qligini ma’lum qilgan. Shundan so‘ng dala shiyponi xolislar ishtirokida ko‘zdan kechiriladi. O‘simliklar orasiga yashirib qo‘yilgan qopga solingan 1 dona ov quroli hamda 1 dona gilza borligi aniqlandi. Dala shiyponining kirish qismida bir quti ichida esa bir dona gilza hamda 150 gramm qo‘rg‘oshin bo‘laklari saqlanib kelayotganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Avvalroq Jizzax va Samarqand poligonlarida muddatli harbiy xizmatchilar uchun jangovar texnika va qurol-aslahalar ko‘rgazmasi o‘tkazilgani haqida xabar berilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, Ozarbayjon—Armaniston chegarasidagi qurolli to‘qnashuvda ozarbayjonlik 2 nafar yuqori martabali harbiy halok bo‘lgan.

Янгиликлар