Qozog‘iston prezidenti Shavkat Mirziyoyevni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 24-iyul, juma kuni Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, Qosim-Jo‘mart To‘qayev davlat rahbarini tavallud kuni bilan tabriklagan. Shuningdek, suhbat chog‘ida ikki tomonlama munosabatlar va mintaqaviy hamkorlik masalalari muhokama qilingan.

Avvalroq Shavkat Mirziyoyev Fransiya prezidentini Bastiliya ishg‘ol etilgan kun bilan, Chernogoriya prezidentini esa Davlatchilik kuni bilan tabriklagani haqida xabar berilgandi.

Янгиликлар