O‘zbekistonda yana 102 kishida koronavirus aniqlandi

O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 25-iyul soat 17:00 holatiga ko‘ra, 19 755 (+102) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlarining

48 nafari Toshkent shahrida;

32 nafari Samarqand viloyatida;

17 nafari Namangan viloyatida hamda 5 nafari Toshkent viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Ayni paytda mamlakatda 10 472 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (53 foiz) sog‘aygan.

Hozirda 9 174 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

Avvalroq Jizzaxda koronavirusga chalingan 58 yoshli ayol, Nukus shahrida 37 yoshli va 49 yoshli bemorlar o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etgani haqda xabar berilgandi.

Янгиликлар