O‘zbekistonda dollar kursi pastladi
O‘zbekiston Markaziy banki 28-iyuldan xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatlarini e’lon qildi.
Infografika: O‘zbekiston Markaziy banki
Unga ko‘ra, 1 AQSh dollar qiymati 2,70 so‘mga kamayib, 10 207, 69 so‘mni tashkil qiladi.
1 yevro qiymati esa 229,65 so‘mga oshgan va 11 896,04 so‘mni tashkil etadi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi so‘nggi besh hafta ichida ketma-ket ko‘tarilgan edi.
Avvalroq, 21-iyuldan dollarning rasmiy kursi 15,43 so‘mga oshib, 10 210,39 so‘mni tashkil qilgani, yevro kursi esa 148,12 so‘mga qimmatlab, 11 666,39 so‘mga yetgani haqida xabar bergan edik.