Yunusobodda COVID’ga test olib, natijasini 24 soat ichida internet orqali ma’lum qiladigan punktlar tashkil qilinadi

Toshkent shahri Yunusobod tumani “Oloy” bozori avtoturargoh hududida aholidan COVID-19’ga test olish va inson salomatligi hamda immunitetini tekshirish bo‘yicha tibbiyot punktlari tashkil qilinmoqda. Bu haqda tuman hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Yunusobod tuman hokimligi matbuot xizmati

Mazkur hududda aholidan COVID-19’ga test olish va uning natijalarini 24 soat mobaynida internet orqali taqdim qilish imkoniyati mavjud bo‘ladi.

Foto: Yunusobod tuman hokimligi matbuot xizmati

Bunday markazlar Yunusobod tumanining boshqa hududlarida tashkil etilishi rejalashtirilmoqda.

Foto: Yunusobod tuman hokimligi matbuot xizmati

Foto: Yunusobod tuman hokimligi matbuot xizmati

Avvalroq koronavirusga tahlil natijalari uch kunda telefon orqali xabar berilishi yuzasidan Prezident farmoni imzolangan edi.

Янгиликлар